g‘ash
bilan ulashing
1. sft. kam qoʻll. Noxush, dilgir (kayfiyat, ruhiyatga nisbatan).
-
Ularning boʻlimlarida sitamgar gʻash kayfiyat hukmron. F. Musajonov, Himmat
-
Oydin kechada bu xunuk ovoz uning gʻash koʻnglini tirnab oʻtganday boʻldi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. ayn . gʻashlik 1.
-
Oradan bir necha oy oʻtgan boʻlsa ham, Rohatbibi koʻnglidagi gʻash yozilmadi Gʻulom, Mashʼal
3. Gʻishgʻisha qilaveradigan; injiq (bolalar haqida).
-
Kichik oʻgʻli juda gʻash boʻlgan.
g‘ash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli (yoki yuragi) gʻash tortmoq
-
Qassobning esiga dafatan tunov kungi dilxiralik tushib, koʻngli beshbattar gʻash tortdi. N. Norqobilov, Toʻqnashuv
Gʻashi kelmoq
-
Aziza kursdosh qizlarning gʻashi kelayotganini sezgan sayin oʻzini gʻolib hisoblab, rohatlanar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
[Yoʻlchi] Baʼzan gʻashi kelib, badanga yopishgan koʻylakni koʻchirar va yelpinar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Gʻashiga tegmoq
-
U gʻashga tegar darajada yaltoqlanarkan, mehmonlarni qani-qanilab, hovliga boshladi. Yoshlik
-
Sochlari orasidan peshonasiga sizib tushayotgan tomchilarning gʻashiga tegishiga parvo qilmay, hozirgina boʻlib oʻtgan voqeadan quvonar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
shv . Dushman, raqib, yov.
-
Shul sababdan dev bilan parilar sizga gʻash boʻlgan. Malikayi ayyor
-
Eʼtibor deysanmi qilgan ishingni, Hech bilmaysan dushmaningni — gʻashingni. Erali va Sherali
-
To oʻlguncha Nikolay bilan gʻash boʻldi, Namozdayin bir zoʻr oʻtdi jahonda. Qoʻshiqlar
G‘ASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar