g‘ashlik
bilan ulashing
Ruhiyatdagi dilgir, gʻash holat; noxush, dilgir tuygʻu, taʼbi xiralik.
-
Kundoshlik — koʻngil gʻashlik. Maqol
-
Bashirjonning diliga gʻashlik oraladi. Askar Bakirovichning ovozidan kayfiyati yaxshi emasligi sezilib turardi. N. Aminov, Qahqaha
-
Nega, mening dilim, titraysan nechun, Nechun yuragimni tirnaysan, gʻashlik? A. Oripov, Yillar armoni
Gʻishgʻisha, xarxasha, injiqlik.
-
Ertalab Anzirat xola kiyintirayotganida, bolaning gʻashlik qilib yigʻlayotganini, onasini yoʻqlaganini koʻrib, koʻngli buzilib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Olib ketdim bari bir aldab, Qilsa hamki gʻashlik, ayyorlik. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
Gʻayirlik, dushmanlik.
-
Sizlarga mening gʻashligim yoʻq, ammo havasim keladi. Mirmuhsin, Meʼmor.
G‘ASHLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАШЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ashlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar