g‘ing‘illa
bilan ulashing
1. Gʻingʻ-gʻingʻ ovoz chiqarmoq (pashsha, ari, qoʻngʻizlar haqida).
-
Boshini koʻtardi: koʻm-koʻk osmonda beda hidi anqiydi, asalarilar gʻingʻillaydi S. Nurov, Narvon
-
bir xil yiltiroq pashsha bor, u baʼzida baqaning tumshugʻiga yaqin kelib, gʻingʻillab ucha beradi. Mirmuhsin, Umid
2. koʻchma Soʻzlarni tushunarsiz tarzda, past ovoz bilan aytmoq; shu tarzda gapirmoq, xirgoyi qilmoq.
-
Bobo, soʻrogʻimga javob berish oʻrniga, otiga qamchi urdi, nimadir deb gʻingʻillagach, soʻng dedi: — Yoʻl azobi, xoʻbam charchagandirsan. N. Safarov, Olovli izlar
-
Stolini chertib, gʻingʻillab oʻtirgan Hayit Hamidovning xirgoyisi bir yigit kirishi bilan toʻxtadi. Mushtum
3. koʻchma ayn. Gʻingshimoq 3.
-
Goho xotini gʻingʻillab qolsa, bolalarini qoʻshnilarga tashab, kinoga borib kelishadi. Yoshlik
-
Uning Shoʻrodan aynamasligi oʻsha lagerdayoq koʻrinib turgan edi, biron marta gʻing degani yoʻq. Aksincha, uncha-muncha gʻingʻillaganni ogʻziga urib yurdi Shuhrat, Oltin zanglamas
G‘ING‘ILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИНҒИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ing‘illa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar