mos
bilan ulashing
1. Bir-biriga toʻgʻri; oʻxshash, monand.
-
Ikki sevguchi qalbning orzulari, oʻylari, qarashlari har masalada gʻoyat mos kelar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Munosib, loyiq.
-
Kelin bilan kuyov bir-biriga juda mos. Mos nomzod(lar).
3. Toʻgʻri keladigan; loyiq, bop.
-
Kombinezon bilan rezinka etik juda katta edi, unga [Luqmonchaga] mosini ombordan topisholmadi. A. Muxtor, Tugʻilish
4. Muvofiq, uygʻun.
-
Har tomondan vit-vit, chigʻi-chigʻi deb sayragan qushlarning turli qoʻshiqlari soyning nashasiga mos bir muzika hosil qilgan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Koʻkraklar oyoqlarning ohangdosh uchishiga mos dirkillaydi. Oybek, Quyosh qoraymas
5. Bir turdagi (oʻyin qartasi haqida).
-
Qarta mos keldi. Mos tushdingiz.
MOS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mos so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar