yovvoyi
bilan ulashing
1. Xonakilashmagan, tabiat quchogʻida erkin hayot kechiruvchi (hayvon, parrandalar haqida).
-
Yovvoyi mushuk. Yovvoyi kaptar. Yovvoyi echki.
2. Madaniylashtirilmagan, oʻz holicha, tabiiy holatda oʻsadigan; zararli, ziyon keltiruvchi.
-
Yovvoyi olma.
-
Xilma-xil yovvoyi gullar tevaragida rang-barang kapalaklar bazm quradi, asalarilar gʻuvullaydi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Sidiqjon kattakon yovvoyi jiyda tagida toʻxtab, Sharofatni kutdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Darhaqiqat, salgina xotirjam boʻldingmi, yovvoyi oʻtlar oʻsib ketadi-yu, gʻoʻzalarni siqib tashlaydi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
3. Oʻzlashtirilmagan, ishlanmagan (yer-joy haqida).
-
Ilgari bu yerlar ham jarliklar, yovvoyi sayhonliklardan iborat edi. Gazetadan
-
Yovvoyi choʻl buyuk kenglikda Menga borin ochib tashladi. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
4. Qoʻrqinchli, vahimali, dahshatli.
-
Yovvoyi ovoz.
-
Boʻron yovvoyi bir kuch bilan oʻkirardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Sharif tarraning yovvoyi chinqirigʻini eshitgandek boʻldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
5. Madaniyatning ibtidoiy bosqichiga xos; qoloq.
-
Sahroda arablarning badaviy degan yovvoyi toifasi bor ekan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
6. koʻchma Odamga aralashmaydigan; begona, odamovi, yot.
-
Odamlardan qochaman, Yovvoyi bir holim bor! Mirtemir
yovvoyi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yovvoyi qarash qilmoq
-
Toʻraning nihoyatda kayfi qochdi, jahl otiga minib, oqsoqol bilan imomni yeb qoʻygudek, yovvoyi qarash qildi. J. Sharipov, Xorazm
-
[Umayder] Umidaga olayib, yovvoyi qarash qiladi-da, teskari oʻgirilib oladi, termometrni barmoq orasida sindirib, qoʻliga beradi. A. Muxtor, Chinor
YOVVOYI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁВВОЙИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yovvoyi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar