tasodif
bilan ulashing
1. Favqulodda, kutilmagan hol, voqea, hodisa.
-
Baxtli tasodif. Koʻngilsiz tasodif. Har qanday tasodifga tayyor turmoq.
-
Tasodifdan xursandman behad, Duchor qildi baxtga bir safar. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Tasodifni qarangki, Muhiddin Soliyaxonga duch kelib qoldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Hikoya alohida shaxslarning yaxshiligi yo yomonligi haqida, yo boʻlmasa, turmushdagi biror tasodif ustida yozilmaydi. A. Qahhor, Sarob
2. fls. Narsa va hodisalarning ichki tabiati bilan bogʻliq boʻlmagan, undan tash-qarida, yuzaki va ikkinchi darajali, yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin boʻlgan voqea-hodisani ifodalovchi falsafiy tushuncha.
-
Zaruriyat va tasodif.
TASODIF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАСОДИФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tasodif so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar