tasma
bilan ulashing
1. Uzun, ensiz teri.
-
Botir arslonni oʻldirib, terisidan bir tasma oldi. Ertaklar
2. Shunday koʻrinishda boʻlgan, bogʻlash, biriktirish va shu kabilar uchun ishlatiladigan, teri yoki pishiq matodan yasalgan ensiz buyum; qayish, kamar.
-
Yugan tasmasi. Miltiq tasmasi.
-
Boboqul ota qoʻzichoqning qoʻltigʻidan brezent tasma tortardi-da, kichkinagina tarozining ilgagiga ilib koʻtarardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Keyin qizil dastali ustarani tasmaga shart-shart qayrab, chamadonga joylashtirdi. Guldasta
-
Boshliq oriq, choʻzinchoq yuzli, bir koʻzi ingichka tasma bilan boylangan novcha kishi edi. S. Ahmad, Hukm
3. Baʼzi bir mexanizmlar yoki transport moslamalarining toʻxtovsiz harakatlanishi va boshqalar vazifa uchun qoʻllanadigan, charm yoki boshqa pishiq toʻqimadan ishlangan uzun buyum; lenta.
-
Ventilyatsiya tasmasi.
-
Yaqin kelgusida hozirgidan uch baravar koʻpga chidaydigan kapron tasma ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. S. Abdullayev, Gazlamaning umri
-
Shpindellarni harakatga keltiruvchi tasma, ventilyatorlarning shkivlari shu vaqtgacha oʻrnatilmabdi. Gazetadan
4. koʻchma. Lenta.
-
Bir dam olish kuni Toshkent radiosidan ikkita muxbir kelib, soʻzimizni magnit tasmasiga yozib oldi. T. Rasulov, Sarbon
TASMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАСМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tasma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar