taskin
bilan ulashing
Yupatuvchi narsa, gap, ish-harakat va shu kabilar; tasalli, yupanch. Bu nafosat dargohi
-
[Muqimiy teatri] oʻsha ogʻir jang va kurash yillari beorom koʻngillarga taskin, yoshli koʻzlarga nur baxsh etgan. A. Yusupov, Jilokor qoʻllar
-
Yuragim ranjigan boladay Na ermak, taskinga koʻnadi. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
taskin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taskin bermoq
-
— Tashvish tortma, oshna, — dedi Omontoy doʻstiga taskin berib, — agar Sanobarni Samarqandga chaqirib qoladigan boʻlishsa, senga ham biron chora toparmiz. K. Yashin, Hamza
Taskin topmoq
-
Qanday gap aytsa, Ikromjon amakining koʻngli taskin toparkin? S. Ahmad, Ufq
-
Nafisaxon qizini koʻrmagan boʻlsa ham, kampirning gaplaridan haqiqatni anglab, yuragi taskin topdi. Mirmuhsin, Umid
-
oriqlab, sargʻayib ketgan yuziga rang kirib qolganini koʻrib taskin topdi. J. Sharipov, Xorazm
TASKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАСКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taskin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar