taslim
bilan ulashing
Kurashda, jang, tortishuv va shu kabilarda yengilib, qarshilikni toʻxtatish, magʻlubiyatni tan olish.
-
Taslim bilmas qoʻshinim ana mening, Gʻazabi bor bir dunyo — otashga teng. H. Olimjon
-
Oʻzini ishq azoblarini yengishga, maqsadga yetishga qodir deb bilgan odam taslimni tan olmaydi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
taslim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taslim boʻlmoq
-
Dushman taslim boʻldi.
-
Qurshovda qolgan nemislarni taslim boʻlishga chaqirdik. N. Safarov, Olovli izlar
-
Jahl otiga mingan xon behuda urindi, qiz taslim boʻlmadi. J. Sharipov, Xorazm
-
Boʻtaboy askiyadan yengilib, taslim boʻldim, degandek ikki qoʻlini koʻtardi. S. Ahmad, Hukm;
-
Muncha ming yosh-yalang keladi-yu, choʻl darrov taslim boʻladi-qoʻyadimi? R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Taslim qilmoq (yoki etmoq)
-
Dushmanni taslim qilmoq.
-
Tojiali Boboyev Berlinni bosib olish, gitlerchilarni taslim etish uchun munosib hissa qoʻshdi. T. Rustamov, Mangu jasorat;
-
Raqibini taslim qilmoq.
Jon taslim qilmoq
-
Uning jon taslim qilganiga ishonch hosil qilgach, xonga qaradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
TASLIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАСЛИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taslim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar