unda-bunda
bilan ulashing
1. Bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan, oraligʻi bir-biridan uzoq boʻlgan; u yer-bu yerda.
-
— Bu atrofda suv yoʻqmi? — Suv qayoqda? Unda-bunda quduq bor deyishadi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Unda-bunda toʻp-toʻp sada, ularning orasida oppoq gullagan oʻriklardan boshqa hech narsa koʻrinmaydi. Oydin, Gulsanam
-
Unda-bunda yovvoyi echkilarning izlarigina koʻzga tashlanadi. S. Karomatov, Oltin qum
2. Baʼzi vaqtlardagina; baʼzan, goho-goho.
-
[Yormat:] Oʻz dekchamizni oʻzimiz qayna-tamiz. Xoʻjayinning qozonidan unda-bunda bir totmasak moysiz boʻlsa ham, oʻz dekcham yaxshi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ish davomida unda-bunda begona soʻzlarni eshitib, keyin esa kitob tatalab, inglizchani bir oz bilib oldim. Guldasta
UNDA-BUNDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УНДА-БУНДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
unda-bunda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar