ayni
bilan ulashing
1. Rang-tusi, sifatini yoʻqotmoq, eskirmoq; oʻngmoq.
-
Aynigan eski gimnastyorkasi ham suvga chayqalganday jiqqa hoʻl. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
2. Asl belgi-xususiyatini, sofligini yoʻqotmoq (nav, nasl va shu kabilar haqida).
-
Ilgarigi qizilurugʻ, bosvoldi qovunlar yoʻq. Hammasi aynigan. Nasl aynimasin desang, har uch yilda qoʻchqorni almashtir. S. Ahmad, Yulduz
3. Sof (odatiy) holati yomon tomonga oʻzgarmoq.
-
Havo aynidi.
-
Zamona aynidi. K. Yashin, Hamza
4. Isteʼmolga yaroqsiz boʻlmoq; buzilmoq (yegulik-ichkiliklar haqida).
-
— Yoʻq, — dedi onasi, — choy aynib qoladi, kelishgandan keyin damlarsan Oydin, Oʻzidan koʻrsin
-
Tursunboy ota, echkining goʻshti aynib qolmasdan, xotiniga mushkulkushod oʻqitgani eshon ayani uyiga chaqirgandi. S. Ahmad, Hukm
5. Toʻgʻri fikrlash, soʻzlash qobiliyatini yoʻqotmoq, shu jihatdan ahvoli ogʻirlashmoq.
-
Bemorning ahvoli durust edi, lekin kechga borib aynidi.
-
Bu aynigan cholni olib borib, zindonga solinglar. Yusuf va Ahmad
6. Xulq-atvori, odob-axloqi jihatidan yomonlashmoq, yomon tomonga oʻzgarmoq; buzilmoq.
-
[Muzaffar Dadavoyga:] Vaqtida juda xursand boʻlganmiz! Siz bilan faxrlanganmiz. Ammo keyingi yillarda aynib qoldingiz, dimogʻingiz koʻtarilib ketdi, koʻzingizni yogʻ bosdi. Uygʻun, Navbahor
7. Odob-axloq chegarasidan chiqib ketmoq, odob-axloq chegarasidan tashqari gaplarni gapira boshlamoq.
-
Buni qarang, yomgʻirda qolgan mushukning hidi keladi! — Aynima, aynima! — dedi yoʻgʻon bir tovush.— Yomgʻirda qolgan mushukni hidlab koʻrganmisan?A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
8. Fikrini, niyatini oʻzgartirmoq, niyatidan, soʻzidan qaytmoq.
-
— Oʻrtoq komandir tankist boʻlar emishlar,— dedi Tojixon kulib — Uchuvchi boʻlishdan aynibdilar. A. Qahhor, Yillar
-
Arslonqul baʼzi ogʻaynilarini qidirmoqchi boʻldi, lekin yana aynidi. Oybek, Navoiy
-
Hoji xola pulni koʻrdi-yu, yana aynib qolmasin deb, qoʻlidan yulib oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
9. Aloqani uzmoq, kechmoq.
-
Bizdan aynib, boshqa ishga oʻtib ketdi. Mijozlar aynib, kelmay qoʻyishdi.
ayni soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli aynimoq
Miyasi aynib qolgan
Feʼli aynimoq
AYNI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЙНИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ayni so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar