ayol
bilan ulashing
1. Umuman erkakka qarama-qarshi jinsdagi shaxs; xotin; bu maʼnoda asosan koʻplik shaklida qoʻllanib, umumlashtirish maʼnosiga ega boʻladi, xotin-qizlar maʼnosini bildiradi.
-
Oriyatli boʻlganidan, odamlar yuziga tik qaragani uyaladimi, kim bilsin, bu ayolning vujudida oʻn erkakning or-nomusi bor edi. T. Ashurov, Oq ot
-
Sharq ayollari, shu jumladan, oʻzbek ayollarining taʼrifi olam ahlini hayratga solib kelayotgani sir emas. Gazetadan
2. Shunday jinsdagi yetuk yoshdagi shaxs (qizga nisbatan).
-
Bugungi kunimizda tengsiz xislatlarni oʻzida mujassamlashtirgan qizlarimiz, ayollarimiz koʻp. Gazetadan
3. Xotin, rafiqa (erga nisbatan).
-
[Yormat:] Ayolim qishin-yozin ichkari hovlining yumushini qiladi: kir yuvadi, uy-joyni supuradi, non yopadi, koʻrpa qaviydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ahmad brigadirning yuragiga gʻulgʻula tushdi, sergak tortib, ayoliga qaradi. S. Nurov, Narvoy
AYOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЁЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ayol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar