tajriba
bilan ulashing
1. Muayyan maqsad-da amalga oshiriladigan, bilish, aniqlash, sinash va shu kabilarga qaratilgan ish, faoliyat.
-
Tajriba oʻtkazmoq. Tajriba natijalari. Tajribada sinab koʻrmoq.
-
Tajriba uchun ajratilgan uch gektar yer tizma togʻlarday bir-biriga ulanib ketgan adir etagida edi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Klark Mahdining yurak urishini tekshirib koʻrdi-yu, tajribani bas qildi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Amaliy ishda, hayotda oʻzlashtirilgan, orttirilgan bilimlar, malakalar, uquvlar majmui.
-
Hayotiy tajriba. Pedagogik tajriba. Ilgʻorlarning tajribasini oʻrganmoq. Tajribalarni oʻrtoqlashmoq.
-
Bizning vazifamiz ilmni xalq tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini ilmning elagidan oʻtkazishdir. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Biz ilgʻor mashʼallarimizning tajribasini ommalash-tirishimiz kerak. F. Musajonov, Himmat
-
Shayboniyxon chorshanba kuni hayot-mamoti hal boʻlishini sezib, bor isteʼdodini, butun tajribasini ishga sola boshladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. fls. Obyektiv dunyoni, voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni; obyektiv dunyo va ijtimoiy amaliyot qonunlarining kishi ongidagi inʼikosi.
-
Hissiy tajriba. Sanʼatkorning estetik tajribasi.
4. Bir masala, yoʻnalishda dastlabki tarzdagi ish, harakat va uning mahsuli.
-
Yosh ijod-korning birinchi tajribasi.
-
Oʻz gʻazallariga oʻzi taxmis bogʻlash tajribasini ham adabiyotimiz tarixida Navoiy boshlab berdi. OʻTA
TAJRIBA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЖРИБА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tajriba so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar