tajovuz
bilan ulashing
1. siyos. Bir yoki bir necha davlatning boshqa mamlakatlarni boʻysundirish, ularning yerlarini bosib olish maqsadida qurol kuchi bilan bostirib kirishi.
-
Imperializmning har qanday xurujlari, isyonlari, suiqasdlari, tajovuzlari bu ruhni oʻldira olmaydi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. koʻchma Umuman, zoʻrlik, zoʻravonlik xatti-harakati, hamlasi.
-
Nazira yomon niyatda Qilinayotgan tajovuzni sezib qolganday, qoʻllari gʻayritabiiy kuchga kirib, Yigitalini itarib yubordi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Hamma chiroyli qizlar kabi, u ham yigitlarning tajovuziga koʻp uchradi. P. Qodirov, Uch ildiz
tajovuz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tajovuz qilmoq
-
Xalqning erkiga tajovuz qilishga qarshi mardonavor kurash olib bordi. Saodat
-
Qayoqdandir kovlashtirib, Bir vaqtlar Sayfiddinov falonchi qizning nomusiga tajovuz qilgan, degan gapni topdi. Mirmuhsin, Jiblajibon
TAJOVUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЖОВУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tajovuz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar