tajang
bilan ulashing
1. Kayfi buzuq, jahdi (asabi) qoʻzigan holatli.
-
Yuzlari loʻppigina, ser-gʻayrat, tajang xotinga qarab turib, Nusratbek onasini esladi. S. Nurov, Narvon
-
har safar qaytishda xunob boʻlar, soʻkinar va Ahmadjonni ham tajang gumon qilib, unga tasalli berar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Bekorga jahli chiqaveradigan, jigʻibiyron boʻlaveradigan; jahli, achchigʻi tez.
-
Tajang odam,
-
Aka-uka usta qoʻlida uch yil ishlashdi — tezroq va tajang Abutolib uch yil deganda usta Najmiddin Buxoriyning roziligini olmay, oʻz hovlisida xumdon qurib, koshin-u idish yasay boshladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Zohir shayx ogʻasi kabi arzimagan narsaga lovullab ketadigan tajang, jahldor emas S. Siyoyev, Avaz
3. Shunday belgi-xususiyatga ega boʻlgan shaxs ismiga qoʻshib aytiladigan (ishlatiladigan) soʻz, laqab.
-
Nurilla Narvoniy bir ichak uzdi qilish uchun eshigiga Hasratxon deb yozilgan nimqorongʻi xonaga Eshpoʻlat tajangni olib kiribdi. Mushtum
tajang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tajang boʻlmoq
-
Rais Rixsivoy akadan ahvolni bilgach, yana tajang boʻldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Bugun Botiralining uyidagi jonlanishdan tajang boʻlib oʻtirgan maxdum bobilllab berdi. H. Gʻulom, Mashʼal
TAJANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЖАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tajang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar