tahsil
bilan ulashing
1. Oʻqish, bilim olish.
-
[Abdishukur] Tahsilini chala qoldirib, madrasadan chiqdi. Tahsil uchun Istambul yoki Misrga joʻnash orzusi mablagʻ yoʻqligidan amalga oshmadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ammo madrasalarda dunyoviy ilmlardan tahsil bermasak, xarob boʻlgʻaymiz. S. Siyoyev, Avaz
2. Oʻqish mavsumi, dars-mashgʻulotlar davri.
-
Tahsil boshlanishi bilan har bir toʻda mullavachchalar patnis yasab domlalarning oldiga olib kirar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
3. Bilim, maʼlumot.
-
Siz ibtidoiy va oʻrta tahsilni tamom qilgansiz. A. Qahhor, Sarob
-
Shuncha tahsil va tarbiya berganlaringiz uchun rahmat. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Lekin Madrasa tahsili ularni qoniqtirmasdi. Shuning uchun ular “Taraqqiyot”, Xurshid hamda Vaqt singari gazeta va jurnallarni yarim tunda mutolaa qilishga kirishar edilar. K. Yashin, Hamza
tahsil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tahsil qilmoq (yoki etmoq)
-
Iskandaro bir necha yil maktabda qurʼon tahsil qilib, oʻqish-yozishni oʻrgangandan soʻng, uyda qolgan. Oybek, Nur qidirib
Tahsil olmoq (yoki koʻrmoq, topmoq)
-
Husaynbek afandi asli xorazmlik boylardan boʻlib, Turkiyada tahsil olgan edi. J. Sharipov, Xorazm
-
Gʻiyosiddin Buxoroning Devonbegi madrasasida tahsil koʻrib yurgan paytlarida otasi uni oq qilgadi. S. Ahmad, Hukm
-
Hakimxon Vodiliy avval Buxoro, keyin Samarqandda tahsil topgan mullo odam ekan. Mirmuhsin, Meʼmor
TAHSIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҲСИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tahsil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar