tahrir
bilan ulashing
1. Yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish.
-
Maqola tahrirga berildi. Asar tahrirdan chiqdi. Kitob professorning tahriri ostida bosildi.
-
Toʻplamdagi ayrim maqolalar tahrirga muhtoj. F. Abdullayev, Ikki xil yordam
2. eskirgan Yozish, ijod qilish.
-
“Nuqta lab ustida bejodur, dedim, aydi kulib: Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahrirda. Furqat
-
Arizani shu majlisda, mulla Abdurahmon huzurida yozilishi muvofiq koʻrilib, mufti tahrirga oʻtirdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
tahrir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tahrir qilmoq
-
Zamira oqshomlari Ochil bilan birga ishlashni, u yozgan, tahrir qilgan narsalarni oqqa koʻchirishni tasavvur etib, yuragi gursillab ura boshladi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Saidiy hikoyani bir haftada tamom qilib, Ilhomga koʻrgani bergan edi, ikki kundan soʻng uni Abbosxonning qoʻlida tahrir qilingan holda koʻrdi. A. Qahhor, Sarob
Tahrir hayʼati
-
Lugʻatning tahrir hayʼati aʼzolari.
TAHRIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҲРИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tahrir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar