tahsin
bilan ulashing
1. Mamnuniyat bilan, maʼqullab berilgan yuqori baho; maqtov, tasanno.
-
Koʻpchilikning tahsini va rahmatiga sazovor boʻlib, yaxshi odam degan nomga munosib boʻlish oson emas. Shukrullo, Yaxshi xulq — yaxshi husn
-
Gʻulom-jon, qozining koʻz qarashida allaqanday iliqlik, hatto tahsin sezdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. und. s. kam qoʻll. Balli, ofarin.
-
— Tahsin-tahsin! — deydi Xatib domla [mulla Obidga] hasadli taajjub bilan, — toza ham pulni qirdik, deng Tahsin-tahsin! A. Qodiriy, Obid ketmon
tahsin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tahsin oʻqimoq (yoki aytmoq)
-
Shahodat mufti uning aqliga tahsin oʻqiy-oʻqiy, nos chekib, oʻz joyiga oʻltirdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
TAHSIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҲСИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tahsin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar