sharaqla
bilan ulashing
1. “Sharaq“ etmoq, sharaq-sharaq tovush chiqarmoq.
-
U [Abdulla] hujra ichidan zanjirning sharaqlaganini eshitdi, kimdir devorni timdalaganday boʻldi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Avtomobil tezlab ketgan sari asboblar bir-biriga sharaqlab uriladi. H. Nazir, Choʻl havosi
-
Oʻrtada elektrga ulangan samovar sharaqlab qaynab turibdi. O. Yoqubov, Diyonat
2. koʻchma Chaqchaqlab kulmoq, qattiq kulmoq.
-
Gʻiyos, oʻqituvchining ogʻzidan hazilnamo gap chiqib qolgudek boʻlsa, sharaqlab kulib yuborardi. F. Musajonov, Gʻamxoʻr
-
Shoir boʻlsa hamon sharaqlab kular, chiroyli koʻzlari suzilib ketgan edi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
SHARAQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАРАҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sharaqla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar