sharbat
bilan ulashing
1. Pishib yetilgan hoʻl mevalardagi qand moddasi, shirinlik, shira.
-
Mevalar shira-yu sharbatga toʻlmoqda. Xorazm qovunlari shirinligi va sharbati bilan mashhurdir.
-
Qorovul paxta gulli kosada anor sharbati keltirdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
bu yerlarga suv chiqarib, tok koʻkar-tirilsa, hamma yoqni sharbatga toʻldirish mumkin. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Mevalardan tayyorlangan shirin ichimlik.
-
Shu lahza Badia yana oʻrnidan turib, aravadagi xumchadan nimkosa sharbat olib keldi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
[Behlul] Yelkasiga tashlagan dasturxonni yozib, barkashni mehmon oldiga surib qoʻydi, keyin ikki kosada sharbat keltirdi. M. Osim, Zulmat ichra nur
3. koʻchma Goʻng ivitilgan suv (oʻgʻit sifatida foydalaniladi).
SHARBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАРБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sharbat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar