sharaf
bilan ulashing
1. Faxrlanishga arziydigan narsa, yuksak qoniqish hissi; baxt, faxr, iftixor.
-
Shodlik bilan tugʻilib, sharaf-u obroʻ bilan oʻtmoq — inson uchun baxt. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Katta bilim dargohining talabasi boʻlishdek sharafga muyassar boʻldim. Gazetadan
-
Turkiston musulmonlarining huquqlarini mudofaa eta biladigan toʻrt-besh arbobi siyosat yetishsa, biz uchun sharaf emasmi? Oybek, Tanlangan asarlar
2. Biror ijobiy xislat, xizmat yoki talant tufayli xalq orasida taratilgan dong; shuhrat, shon.
-
Paxtakor qahramonlarga shon va sharaflar boʻlsin!
-
Yuksak oq oltin xirmoni bunyod etish uchun kurash — sharaf, obroʻ uchun kurashdir. Gazetadan
-
Abdurahmonning otasi ulamo naslidan, ammo bu sharaf nima sabab bilandir uning otasiga nasib boʻlmagan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Sharaf (erkaklar ismi).
sharaf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sharaf bilan
-
Xoʻjaligimiz dehqonlari oʻz zimmalariga olgan davlat topshirigʻini sharaf bilan ado etdilar. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Sharafiga yoki sharafi uchun
-
Oʻshdagi qarorgohda bu oqshom sizlarning sharafingizga tantanali ziyofat berilur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Bu yodgorlik Markaziy Fargʻonani oʻzlashtirganlar sharafiga Bektosh Rahimov tashabbusi bilan oʻrnatilgan. Oʻzbekiston qoʻriqlari
SHARAF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАРАФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sharaf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar