shar
bilan ulashing
1. mat. Fazodagi berilgan nuqtadan (markazdan) muayyan uzoqlikda joylashgan nuqtalarning geometrik oʻrni: yarim doiraning oʻz diametri atrofida aylanishidan hosil boʻlgan geometrik jism.
-
Sharning sirtini oʻlchash. Sharning radiuslari.
2. Shunday shaklga ega boʻlgan narsa.
-
Ularning shakli ham qiziq: biri tuxumga, biri bilyard shariga oʻxshaydi, baʼzisi qayroq toshday uzunchoq va silliq. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Ammo boʻm-boʻsh koridorda toʻsatdan Zamira duch kelib qoldi. Koʻz koʻzga tushdi-yu, elektr sharlar chaqin chaqqanday boʻldi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. Bolalar oʻynashi uchun ichiga havo yoki havoga nisbatan yengil gaz toʻldirilgan, dumaloq shakldagi rezinka pufak.
-
Shar yorildi.
-
Avvalgi bayramlardagidek havoda rang-barang sharlar uchib yurmayapti. I. Rahim, Chin muhabbat
shar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yer shari
-
Berma erkingni qoʻldan, Yashamoq chogʻing! Yerning sharidir sening Mulk-u chorbogʻing. Hamza
1. 1 Gazmolning kuch bilan yirtilishidan hosil boʻlgan tovushni bildiradi.
-
Surp shar etib yirtildi.
2. Suyuqlikning shiddat bilan oqishidan hosil boʻladigan tovushni bildiradi.
-
U qozonga bir paqir suvni shar etkazib quyib yubordi.
SHAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar