g‘ujanak
bilan ulashing
1. Oyoq-qoʻllari yigʻilgan, tanasi egik, boshi bukik holatli.
-
U kallasini ikki qoʻli orasiga olib, gʻujanak boʻlib oʻtirgancha qoldi. H. Nazir, Onaizor
-
Sovqotganidan qoʻlchalarini koʻksiga bosib, gʻujanak boʻlib olibdi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
It oʻn qadamcha vangillab borib, bedazor chetidagi kultepa oldida gʻujanak boʻlib tipirchilay boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. aynan Gʻuj.
-
Oʻriklarda sara bodroqday, Oppoq-oppoq gʻujanak gullar. S. Akbariy
3. Togʻ etaklarida, dashtda mayda poyalari gʻuj boʻlib oʻsadigan bir xil buta.
-
Katta-katta daraxtlarni ildizi bilan qoʻporib, uchirib yurgan boʻron uchun birgina gʻujanak nima ekan? J. Abdullaxonov, Toʻfon
G‘UJANAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУЖАНАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘UJANAK so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘ujanak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘ujanak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar