parametr
bilan ulashing
1. yun. [ parametron — oʻlchab ajratuvchi]
2. mat. Matematik formulada qoʻllanadigan va oʻzining maʼlum qiymatida shu tenglama bilan ifodalangan munosabatlardan muayyan biriga olib keladigan miqdor.
3. fiz. tex. Biror texnologik jarayon, hodisa, tizim, texnik qurilma va boshqalarning asosiy xususiyatlaridan birini ifodalaydigan miqdor.
-
Elektr lampa parametrlari.
-
Protoplazmaning fizik parametrlari uning [hujayraning] sirtida membrana boʻlishi kerakligidan dalolat berardi. Fan va turmush.
4. koʻchma Biror voqea-hodisani tavsiflash va baholash uchun zarur boʻlgan belgi, mezon.
-
Roʻyxat tuzuvchilarning fikricha, universitetning oʻtgan yillarda ayrim parametrlar boʻyicha koʻrsatkichlari pasaygan. Gazetadan
-
Yangi yilga moʻljallanayotgan Davlat byudjeti loyihasining parametri ustida toʻxtaldilar. Gazetadan
PARAMETR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРАМЕТР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
parametr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar