parallel
bilan ulashing
1. mat. Bir tekislikda yotgan va har ikki tomonga davom ettirilganda hech qachon oʻzaro kesishmaydigan; muvoziy, yondosh.
-
Parallel toʻgʻri chiziqlar. Parallel tekisliklar.
2. Bir tomonga qarab yoʻnalgan va bir-biridan deyarli teng uzoqlikda yonma-yon joylashgan.
-
Parallel koʻcha. Parallel joʻyaklar.
3. koʻchma Ayni bir vaqtda mavjud boʻlgan yoki davom etadigan voqea-hodisa (bir-biriga nisbatan).
-
Oʻqish yilining yarmida A, B boʻlib kelgan parallel sinflardan oʻn olti kishi terib olinib, qolganlari birlashtirildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bilimdonlik bilan gapdonlik har doim parallel yura olmaydi. Saodat
4. tilshunoslik Bir xildagi, turdagi.
-
Bunda sintaktik parallel qatorlar toʻrtlikda muntazamlik va bir butunlikni yuzaga keltirgan. OʻTA
1. mat. Oʻzaro yondosh chiziqlarning har biri.
-
Biror chiziqqa parallel oʻtkazmoq.
2. geogr. Yer yuzasidan ekvatorga parallel holda oʻtkazilgan shartli, faraziy chiziqlardan har biri.
-
Boku bilan Toshkent bir parallelda yotadi. Geografiya
PARALLEL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРАЛЛЕЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
parallel so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar