par
bilan ulashing
1. ot Parranda tanasini qoplab turadigan yumshoq va nafis pat.
-
Tovuqning pari,
-
Yayrab havolarda bir qush uchadi Charcharkan, simlarni sekin quchadi, Yumshoq parlar bilan yopib yuzini. H. Olimjon
2. sifatdosh Ichida pari boʻlgan, par solingan.
-
Par yostiq. Par toʻshak.
-
Keng taxta karavot. Ustiga choyshab yopilib, katta par yostiq qoʻyilgan. Derazaga oq shohi parda tutilgan. S. Nurov, Narvon
-
Choʻtir xola uni gapga tutmay, par yostiq bilan yangi atlas koʻrpani taxmondan olib, Umid ustiga tashladi. Mirmuhsin, Umid
3. koʻchma ayn. Pagʻa 2.
-
Yosh burgut uchmoqda koʻkda shiddatkor, Kumush bulutlarning toʻzgʻitib parin. A. Oripov, Yillar armoni
-
Par bulutlar, marvarid qorlar Yuksak choʻqqi uzra qoʻygan bosh. A. Oripov, Yillar armoni
1. aynan Juft 3.
-
Bir par etik.
-
Kechqurun par otli izvosh koʻchaning boshida toʻxtab, undan tergovchi tushdi. A. Qahhor, Sarob
-
Uyda oyoq kiyimi bir necha par: chuvak, mahsi, sandal, kalish, tuflilar. Gʻ. Gʻulom
2. Birga ishlatiladigan ikkita bir xil narsaning biri, bittasi.
-
Pari yoʻq paypoq.
3. Oʻz xislatlari bilan bir-biriga mos, teng ikki kishining biri.
-
Bu yigit senga par emas.
-
Qizim bor edi yakka, ismi Qamar, Oz erdi husn bobida unga par. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
-
Taʼrif-u tavsifingiz qilsam agar, afandim, Badjahllik bobida yoʻq sizga par, afandim. Guldasta
1. s.t. q. Bugʻ.
-
Suyuqlikning parga aylanishi. Xonani par bilan isitmoq.
2. Qattiq moddalarning bugʻga aylangan holati.
-
Kamfara pari. Simob pari.
PAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
par so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar