paqir
bilan ulashing
Suv va boshqalar suyuqliklarni tashish va asrash uchun ishlatiladigan, bandli, silindrsimon idish; chelak.
-
Afandi bir kun kechasi quduqdan suv olgani paqir solgan edi, suvda oyning aksini koʻrdi. Latifalar
-
U [Azizbek] qopdagi kakliklarning tirigini tovuqxonaga qamab, oʻq yeganlarini qopqoqli paqirga solib, supaga olib chiqib qoʻydi. S. Ahmad, Jimjitlik
eskirgan Ikki tiyinlik chaqa.
-
Soʻzimga ishon, boshqa bir paqir ham pulim yoʻq. I. Akram, Adolat
-
Shunday xursandlikdan bir-ikki marta boʻlsa, mening yonimda bir paqir ham qolmas ekan. Latifalar
paqir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir paqirga olmaslik
-
Hafiza oʻzini u yoq-bu yoqqa solib, pinagini buzmay tura berdi. U hatto bu achchiq taʼnalarni eshitmaganday, eshitsa ham, bir paqirga olmay, sur boʻlib turardi. Mirmuhsin, Umid.
Bir paqirga qimmat (yoki arzimaydi)
PAQIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАҚИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PAQIR so‘ziga berilgan ma’nolar
paqir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
paqir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing