jo‘n
bilan ulashing
1. Past navli, sifati past, sifatsiz.
-
Joʻn mol.
-
Maxdum oʻylanib qoldi: — Boʻlmasa, —
-
dedi ikkilanib,— joʻnroq adrasdan ol-chi! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. koʻchma Imtiyozli tabaqaga mansub boʻlmagan; oddiy, sodda.
-
[Yusufbek hoji:] Joʻn odamlar qatorida odam oʻldirib yurdim, degin?! — dedi. — Joʻn odamlar qatorida emas, — dedi [Otabek], — majburlar qatorida, zoʻrlanganlar qatorida! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Past saviyali, boʻsh, zaif.
-
Joʻn asar.
-
Oxirgi sahifa joʻnroq yozilgan ekan. A. Qahhor, Sarob
-
Kecha yuksak sanʼat namunasi boʻlib koʻringan asar bugun koʻzimizga joʻn boʻlib koʻrinadi. Sharq yulduzi
-
Ayrim matbuot organlari ilgʻorlar tajribasini yuzaki, joʻn yozmoqdalar. Gazetadan
4. Uncha murakkab va qiyin boʻlmagan; oson, yengil.
-
Mahfuza Chilonzor rayonidagi 9-bolalar kasalxonasiga ishga kirdi. Vazifasi juda joʻn: har kuni uch-toʻrt mahal tayyor ovqatlarni palatama-palata yurib tarqatadi. Gazetadan
-
Ishning bu yogʻi joʻn koʻchdi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
5. rvsh. vzf. Bekor, shunchaki; bekorchilikka ermak qilib.
-
Qishloqda joʻn yurmay, bir baloni boshimizga sotib olgan ekanmiz. Ochildov
-
Saidiy bunday qilolmadi, chunki oʻqish emas, kitobni joʻn varaqlash ham uni toliqtirar edi. A. Qahhor, Sarob
6. 3-sh. egalik va j. k., ch. k. qoʻshimchalari bilan koʻm. vzf. qoʻllanadi (joʻniday).
JO‘N so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖЎН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jo‘n so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar