yonboshla
bilan ulashing
1. Bir yonbosh bilan tirsakka tayanib yotmoq.
-
Yormat boshini koʻtardi, bir qoʻlini yerga tirab yonboshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kumush Otabek yaqiniga surildi va tirsaklari bilan uning tizzasiga yonboshlab, erkalandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Yon tarafga ogʻmoq; egilmoq, qiyshaymoq.
-
Devor yonboshladi.
-
Mashina joyidan siljishi hamon, gʻarbga xiyol yonboshlab turgan anorlar nosqovoqqa oʻxshash gullarini baland koʻtarib, goʻyo uning orqasidan yugurayotgandek tuyuldi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. poet. Bota boshlamoq (quyosh, oy haqida).
-
Oy gʻarbga tomon yonboshladi. J. Sharipov, Saodat
-
Mutal rayondan chiqqanda, quyosh gʻarbga yonboshlagandi. O. Yoqubov, Larza
YONBOSHLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁНБОШЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yonboshla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar