tadbir
bilan ulashing
1. Amalga oshirish, roʻyobga chiqarish uchun yoʻl-yoʻriq va chora.
-
Hosil-dorlikni oshirish tadbirlari.
-
haqiqat oldida u hayron va bunga qarshi tadbir oʻylash bilan garang edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu tadbirning kelib-kelib Toʻlamatdan chiqqanini aytmaysizmi! S. Anorboyev, Oqsoy
2. Maqsadni amalga oshirish yoʻlidagi ish, xatti-harakatning oʻzi.
-
Bu shunchaki oddiy tadbir boʻlmay, u yer yuzida tinchlikni mustahkamlash ishi bilan chambarchas bogʻlanib ketadi. Fan va turmush
-
Har bir tadbir talabalar tarbiyasini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan. Gazetadan
-
Hosil tugish davrida chekanka qilish muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Gazetadan
3. Maʼlum maqsadda tashkiliy ravishda amalga oshiriladigan (bajariladigan) ish, ishlar.
-
Toshkent shahar kinolashtirish boshqarmasi va kinofilmlar prokati Zulmatdan ziyoga nomi bilan katta madaniy tadbir oʻtkazishga hozirlik koʻrmoqda. Gazetadan
TADBIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАДБИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tadbir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar