yig‘loqi
bilan ulashing
1. aynan Yigʻloq.
-
Onalar injiq, yigʻloqi bolalarini gapimga kirmasang, chakalakzorga eltib tashlayman degan poʻpisa bilan tiyib kelishgan. J. Abdullaxonov, Xonadon
2. Yigʻi tovushiga oʻxshash, yigʻi kabi.
-
Bozorinav masjidining pastakkina mezanasiga chiqib, shom azonini aytgan soʻfining yigʻloqi ovozi uni oʻziga keltirdi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
Mahkam nimaligiga tushunolmas, har qalay, bu ashula emas, qandaydir yigʻloqi nolish edi. R. Fayziy, Hazrati inson
3. koʻchma Kishini ezadigan; mungli (kuy, ohang va shu kabilar haqida).
-
Mungli bulbulday Ingradi tinmay, Bagʻrim ezardi, Borliqni yoqib Yigʻloqi surnay. Gʻ, Gʻulom
-
Yozarmidim yigʻloqi baytni, Titrarmidim koʻzda yosh bilan? A. Oripov
-
Bu qoʻshiqlarning [nasihat qoʻshiqlari] badiiy saviyasi past va ohangi yigʻloqi. Oʻ. Rashid, Qoʻshiqlar haqida
YIG‘LOQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИҒЛОҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yig‘loqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar