birlik
bilan ulashing
1. Bir yoqadan bosh chiqarib birlashganlik; hamjihatlik, yakdillik.
-
Kuch — birlikda. Birlik bor — tiriklik bor. Maqol
-
Hikmat — birlikda. Maqol
2. Bir butunlik; umumiylik, mushtaraklik.
-
Oyimxon bilan uni [Elmurodni] samimiyat, ochiqlik, niyat-tilak birligi mahkam bogʻlar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Insonni kuchli qiladigan, uni bezaydigan narsa — maqsadi, toʻgʻrirogʻi, maqsadlar birligi! X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Bola tarbiyasida maktab bilan oila oʻrtasida maqsad birligi boʻlishi lozim. Gazetadan
3. Sanash, oʻlchash, hisoblash, qiyos qilish uchun mezon sifatida qabul qilingan kattalik.
-
Oʻlchov birliklari.
-
Elektr sigʻimining birliklari. Fizika kursi
-
Biz yorugʻlik kuchini yoki tovush kuchini oʻlchaymiz, lekin hid kuchini oʻlchaydigan birlik yoʻq. Gazetadan
-
Geokimyo tekshiradigan asosiy birlik — kimyoviy element va uning atomidir. A. Ye. Fersman, Qiziqarli geoximiya
4. tilshunoslik Til sathlarining lisoniy kategoriyalari.
-
Til birligi. Lugʻaviy birlik. Frazeologik birlik. Nutqiy birliklar.
-
Nutq birligi boʻlgan soʻz, negiz, soʻzning maʼnoli qismlari oʻzgarmaydigan turgʻun hodisa emas. OʻTA
-
Frazeologik birlik shoir tomonidan sheʼrning ritm, band, vazn, qofiya kabi vositalari talablariga boʻysundirilgan holda ishlatiladi. OʻTA
birlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Birlik kategoriyasi yoki birlik son
BIRLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
birlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BIRLIK so‘ziga berilgan ma’nolar
birlik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar