birodar
bilan ulashing
1. Aka yoki uka; ogʻa yoki ini.
-
Boysunqur mirzo oʻz qobiliyati, oʻtkir zehni, ishbilarmonligi bilan birodarlaridan ajralib turadi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Faoliyati, qarashlari, munosabatiga koʻra oʻzaro yaqin shaxs; hamdam, doʻst.
-
Tangri birodarlariga qovogʻini solib qarovchi kishilarni yoqtirmaydi. Hadis
-
Muribdek kishini birodar, ogʻa tutinib, Avazning yorugʻ kunlari ziyoda boʻldi. S. Siyoyev, Avaz
-
Ming tashakkur, ming rahmat, yonimizga kirib, dehqonchilikka oʻrgatgan oʻzbek birodarlarimizga. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. Oʻrtoq, ogʻayni (murojaatda).
-
Siz qutlugʻ kunlarda yetib keldingiz, aziz birodarlar! A. Muxtor, Doʻstligimiz barq ursin
-
Birodar, Azizxon degan polvon bolani qaydan topsam boʻladi? S. Ahmad, Ufq
-
— Qayoqqa, birodar? — dedi shopmoʻylov taksichi, mashinaning qiya derazachasidan moʻralab. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Birodar (erkaklar ismi).
birodar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Birodari aziz
-
Birodari aziz, siz mening bu soʻzlarimdan xafa boʻla koʻrmangiz A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BIRODAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРОДАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
birodar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BIRODAR so‘ziga berilgan ma’nolar
birodar so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar