birma-bir
bilan ulashing
1. Tartibi, gali bilan, birin-birin, birin-ketin, ketma-ket.
-
Gʻishtlarni birma-bir olishgan edi, oltin toʻla xumning ogʻzi koʻrindi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Manzura opa har bir sinfga kirib, bolalarning tozaligi bormi, kundaligi bormi — birma-bir tekshirib chiqdilar. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Safarov ularni kuzatib qaytdi va arizalarni birma-bir koʻzdan kechirdi. A. Qahhor, Asarlar
2. Biror voqea-hodisaning butun tafsiloti bilan, bitta-bitta, bittalab.
-
Elmurod boʻlib oʻtgan suhbatni birma-bir gapirib bermoqchi boʻlib oʻylanib, qogʻozga yozdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Har birini alohida-alohida, yakka-yakka, bitta-bittadan, bittalab.
-
Komissiya yosh oʻqituvchilarni birma-bir chaqirib suhbatlashishga va ularning qayerda, qanday vazifada ishlashini belgilab berishga kirishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Axir qirq-ellik xonadonning molini birma-bir uyga eltib berish osonmi? Oydin, Hikoyalar
birma-bir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Birma-bir
BIRMA-BIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРМА-БИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
birma-bir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BIRMA-BIR so‘ziga berilgan ma’nolar
birma-bir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar