birlash
bilan ulashing
1. Oʻzaro tutashmoq, ulanmoq; qovushmoq.
-
Nihoyat, ularning lablari beixtiyor birlashdi, qonlarida, tomirlarida bahor quyoshi eriganday boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Aql va baxt birlashsa, insonning hayotiy yoʻli ravon boʻladi. Gazetadan
-
Togʻ oʻngirlaridan oqib chiqayotgan Yettikechuv, Oʻrinlisoy, Koʻksuvlar birlashib, Zaminsoy hosil boʻldi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. Maʼlum asosda yoki maʼlum maqsadlarni koʻzlab, birga qoʻshilmoq, uyushmoq.
-
Boʻrini koʻrsa, ovul iti birlashar. Maqol
-
— Axir barcha temuriylar birlashib, ittifoq tuzsalar boʻlmasmi? — dedi Nigor xonim kuyinib. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
BIRLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
birlash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BIRLASH so‘ziga berilgan ma’nolar
birlash so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar