birinchi
bilan ulashing
1. trtb. son Tartib oʻrni 1 raqami bilan belgilangan, 1 nomerli.
-
Birinchi jild. Birinchi bet. Birinchi qator. Navoiy koʻchasidagi birinchi uy.
-
U birinchi qoʻshiqni yaxshi aytdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yoʻlchi birinchi kun bozorni aylana-aylana, kechga qadar uch-toʻrt yerga yuk orqaladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Qatorda eng oldingi oʻrinda turgan, eng oldingisi, eng avvalgisi.
-
Birinchi arava toʻxtamay oʻtib ketdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Birinchi masala yuzasidan Boʻtaboy akaga soʻz berildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Oʻsha kuni birinchi soʻroq shu bilan tugadi. E. Raimov, Ajab qishloq
3. Boshqalariga nisbatan eng oldingi, bosh; toʻngʻich.
-
Birinchi farzand.
4. Sanab oʻtilgan, zikr qilingan yoki koʻzda tutilgan narsalarning oldingisi, avvalgisi.
-
Gʻoliblar uchun uch mukofot belgilandi: birinchisi — 10000 soʻm, ikkinchisi — 5000 soʻm, uchinchisi — 3000 soʻm.
-
Mirzayev Latofatxonga ikkita xat yozdi. Birinchi xati-ku boshdan-oyoq “rahmat“dan iborat edi, keyingisida qulogʻingizga aytadigan gapim bor degan mazmunda shama qildi. A. Qahhor, Koʻk konvert
5. Ish-harakatda hammadan oldin qatnashgan yoki qatnashadigan, eng avvalgi, ilk.
-
Uni eng birinchi men koʻrib qoldim.
-
jazoga loyiq mushtumzoʻrlarni nom-banom aytaylik. Qani, yozing, oʻrtoq Samandarov! Birinchi kim? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. Eng avval, ilk bor paydo boʻlgan, yuzaga kelgan; hammadan oldin sodir boʻlgan, yuz bergan; dastlabki.
-
Birinchi xil muhabbat — tilda, ikkinchi xil muhabbat dilda boʻladi. A. Qahhor, Asarlar
-
Turgʻunoy birinchi tovushni eshitganda, seskandi, soʻnggilari esa uni vahimaga soldi. A. Qahhor, Maston
-
Atrof jimjit. Uzoqdan xoʻrozning birinchi qichqirigʻi eshitildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
7. Oldin koʻrilmagan, endi ilk bor yuz bergan.
-
Ota majlisda birinchi soʻzga chiqishi ekan. A. Qahhor, Asror bobo
-
Tanklar jangini Ahmadjon birinchi koʻrishi edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Kumushbibi oʻziga tomon keluvchi bu dahshatli xotinni umrida birinchi marta koʻrishi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Nuri chiday olmadi, birinchi marta achchiqlanib gapirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
8. -
-
Bu yilgi musobaqalarda komandamiz birinchi.
-
U birinchilar qatorida frontga borish haqida ariza yozdi. Gazetadan
-
U Mirzachoʻlga birinchilar qatorida kelgin edi. Guldasta
9. Malakasi, mahorati jihatdan eng yuqori, ustun; eng mohir.
-
Shaharda birinchi usta.
10. Hammasidan zarur, eng muhim, asosiy, bosh.
-
Hukumatga yordam berish bizning birinchi vazifamiz boʻlishi kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Fan-texnika gʻoyat taraqqiy etgan hozirgi davrda ham non elning eng birinchi hayotiy negizi boʻlib qolmoqda. Gazetadan
birinchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Birinchi xotin
-
Bu uylanishdan birinchi xotini va boshqalar sira xabardor boʻlmasligi ham mumkin. Oybek, Tanlangan asarlar
Birinchi boʻlib
-
Birinchi boʻlib soʻzga chiqmoq.
-
Bu ishda Qurbon otaga birinchi boʻlib qoʻl bermoqchi boʻlgan odamlarning eng birinchisi Abdusamadqori edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Birinchi boʻlib finishga yaqinlashib kelayotgan sportchini qoʻllab-quvvatlovchi tovushlar eshitildi. Gazetadan
Birinchi galda (yoki navbatda)
-
Ish juda soz boshlandi, endi oxirigacha silliq ketsin. Buning uchun birinchi galda dadillik kerak! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gulnorni qochirish toʻgʻrisida taklif qilganda, birinchi galda shu maqsad oʻylangan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Birinchi darajali
-
Birinchi darajali diplom va pul mukofoti bilan qaytdi. S. Ahmad, Yulduz
-
Fikrning ana shu yoʻsinda ifodalanishi uchun badiiy detallar ham birinchi darajali oʻrin tutadi. OʻTA
BIRINCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРИНЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
birinchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar