biriktir
bilan ulashing
1. Birikmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Detallarni biriktirmoq. Moddalarni biriktirmoq.
-
Biz nutqimizda ayrim soʻzlarni oʻzaro biriktirib, gap tuzamiz va fikrimizni bayon qilamiz. Oʻzbek tili darsligi
-
Tirik qolgan jangchilarni darhol har ikkala toʻp raschyotiga biriktirib, toʻplarni jangovar holatga keltirdi. Gazetadan
2. Ixtiyoriga berib qoʻymoq, topshirmoq.
-
Dehqon-fermerlar foydalanib turgan yerlar ularga doimiy biriktirib qoʻyiladi.
-
Yangidan tashkil qilingan bogʻlar tajribali bogʻbonlarga biriktirib qoʻyilmoqda. Gazetadan
3. Yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, yordam berish yoki qarab turish uchun bogʻlab, qoʻshib qoʻymoq.
-
Birmuncha tajribali yozuvchilar konsultatsiya ishiga biriktirib qoʻyildi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Har bir oʻquv kabineti va ustaxonaga kombinat boʻlimlarining rahbarlari biriktirib qoʻyilgan. Gazetadan
biriktir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshini biriktirmoq
Til biriktirmoq
-
Barno bilan til biriktirib qoʻyganiga qaramay, sovchilar qaytguncha, oyogʻi kuygan tovuqday pitirlab qoldi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
BIRIKTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРИКТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
biriktir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BIRIKTIR so‘ziga berilgan ma’nolar
biriktir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar