birik
bilan ulashing
1. Qoʻshilib, bir butunlik hosil qilmoq, birga qoʻshilmoq.
-
Bel bilan bilak biriksa, ish bitar. Maqol
-
Juvozxona ichidan tezak, shiptir, moy va kunjara hidlaridan birikkan allaqanday qoʻlansa hid Yoʻlchining dimogʻiga darrov urdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Bir-biriga ulanmoq, tutashmoq.
-
Detallarning birikkan joylari.
-
Kosmik apparatlarning bir-birini qidirib topishi, yaqinlashishi, birikishi va tutashishi bort avtomatikasi yordamida bajarildi. Gazetadan
3. Bir maslak, maqsad yoʻlida birlashmoq, uyushmoq; bir jon, bir tan boʻlmoq.
-
Birikkan yengar. Maqol
-
Birikkan kuch — kuch, Birikmagan kuch — puch. Maqol
-
Koʻpchilik biriksa, togʻni qulatar. Maqol
4. kim. Birikish reaksiyasiga kirishmoq.
-
Vodorod bilan kislorod birikib, suv hosil qiladi.
-
Chaqmoq paytida havo tarkibida azot bilan kislorod birikib, nitrat hosil qiladi. Fan va turmush
BIRIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
birik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BIRIK so‘ziga berilgan ma’nolar
birik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar