birdan
bilan ulashing
1. Kutilmagan, xayolga kelmagan vaqtda; toʻsatdan, qoʻqqisdan.
-
Barmoq saraklatib, soʻzga ogʻiz juftlashi bilan, birdan yoʻtali tutdi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
-
Mamlakat Sanjarga qarab turib, birdan mehri tovlanib ketdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Bu uning qalbida birdan uygʻonib ketgan otalik tuygʻusi edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Ayni bir vaqtda, baravar.
-
Ikkisi [Oftob oyim va Kumush] ham sachrab, Qutidorga qaradilar-da, birdan soʻradilar: — Nima, qanday sir? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hali mashinaning qorasi koʻzdan oʻchmasdan, birdan ikki samolyot pastlandi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Bir yoʻla, birvarakayiga.
-
— Ha, hammasini birdan olma, — sekin gapirdi Esh-voy, — bir boʻlagini ol. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U [Bobur] chorbogʻ chetidagi yalanglikdan boʻz otni choptirib chiqdi-yu, birdan jilovini qoʻyib yubordi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
4. Darrov, tezda.
-
Foziljonning yuzidagi iljayish birdan gʻazabga aylandi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Birdan osh va oshni qatiqlash bahsi hammaning esidan chiqdi. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
-
Koʻzlari birdan jiqqa yoshga toʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
BIRDAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРДАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
birdan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar