birga
bilan ulashing
1. Bir boʻlib, qoʻshilib, birgalikda, hamkorlikda.
-
Birga ishlamoq. Birga oʻqimoq. Birga oʻsgan oʻrtoqlar.
-
Nishonboy birga ishlaydigan yigitlar bilan chorpoyada oʻtirardi. T. Ashurov, Oq ot
-
U bilan birga kechgan shirin damlarni, dilrabo suhbatlarni eslaydi. T. Ashurov, Oq ot
-
Qani, oʻzinglar ham oʻtiringlar, birga ichamiz. S. Zunnunova, Olov
-
Kelajak baxt yoʻlimni siz bilan birga bosmoqni orzu qilaman. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Meʼmor barvaqt turib, uch shogirdi bilan birga tashqari hovlida nonushta qildi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Bir vaqtda, baravar.
-
Oʻgʻlim ertalab men bilan birga turadi. ish
-
Sodiqjon Yulduzxon bilan yoshlikda birga oʻsgan, bir maktabda oʻqigan. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
3. Bilan koʻmakchisidan keyin kelib, qatorida, bir qatorda; shuningdek maʼnolarini anglatadi.
-
Bizning vazifamiz ishni xalq tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini ilmning elagidan oʻtkazishdir. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Yangi maktablar ochib diniy darslar bilan birga jugʻrofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham taʼlim beraylik. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Menda bir taklif bor: bugun Kanizakni yangi uy bilan birga yangi nom bilan ham mukofotlasak — otini Hanifa qoʻysak. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Kimsa yoki narsa bilan birlikda; uning yonida, bagʻrida.
-
Masalalarni birga muhokama qilmoq. Xat bilan sovgʻani birga yubormoq.
-
Domla bolalardan ikkitasini birga olib yura boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Eri, baxti, husni, shoʻxligi yana u bilan birga. S. Ahmad, Ufq
-
Eri? Eri bormi? — Bor. Shu yerda. Besh oydan beri birga! A. Qahhor, Asarlar
birga soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻyda birga boʻling
-
[Yormat] Baʼzi bir “taʼbi tortgan“ odamlarga toʻyda birga boʻling deb qoʻyadi. Oybek, Tanlangan asarlar
BIRGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
birga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar