birday
bilan ulashing
1. yoki Birdek
2. sifatdosh Har jihatdan teng, aynan bir xil.
-
Menga hamma birday. Hammaga birday qaramoq. Oy bilan kunday boʻl, Hammaga birday boʻl. Maqol
-
Satta birday botirlar, yoʻl yurdi tun ham kunduz. Yusuf va Ahmad
-
Baring birday xizmat qilgin, kanizlar. Malikayi ayyor
3. Bir tekisda, bir oʻlchovda, bir maromda, tekis.
-
Hamma koʻchatlar birday oʻsmoqda. Ot birday yoʻrtib bormoqda.
-
Yillar birin-ketin shunday oʻtaveradi, turmushimiz birday shirin M. Joʻra, Iztirob
-
Qiygʻir qushlar birday uchar qiyoda, lochin qushlar bahra olar uyoda. Nurali
4. Vaqt jihatdan uzluksiz; hamisha, hamma vaqt, doimo.
-
Birday vaqtim yoʻq, deydi.
-
Gul hamisha chaman boʻlib turmaganiday, inson ham hayotining hamma damlarida birday baxtiyor boʻlishi qiyin. S. Karomatov, Bir tomchi qon
5. Bir xil holatda, bir zaylda, oʻzgarishsiz.
-
Bemorning ahvoli birday. Otinoyi birday takrorlaydi: — Chaqqon-chaqqon, tez-tez boʻla qol! P. Tursun, Oʻqituvchi
BIRDAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИРДАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
birday so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar