bir-biri
bilan ulashing
bir-biri soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir-biri bilan
-
Bir-biri bilan telefon orqali soʻzlashmoq. Bir-biri bilan koʻrishmoq.
-
Ular bir-birlari bilan oʻchakishganday, xurrakni daraja-badaraja oshirishga tirishadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bir-biri bilan shivirlashib, institutdan haydatish haqidagi gaplarni tarqatganday boʻlishardi. Mirmuhsin, Umid
Bir-biriga
-
Hamma hayron boʻlib, bir-biriga qaradi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yana kulgi bir-biriga ilashdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Darhaqiqat, bir-biriga oʻxshamagan nonlar tarashadek qotib qolgan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Bir-biriga zid tushunchalar.
-
Hovuzning narigi chetiga bir-biriga yaqin oʻtkazilgan uch tup olma daraxti. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Lutfinisa oppoq, yursa soʻlqillaydigan, ikki qoshining uchi bir-biriga tutash, boʻyi sal pastroq toʻlagina qiz. S. Ahmad, Ufq
-
U [Yoʻlchi] joʻrttaga, loqaydlik bilan ikki qolipni bir-biriga urib soʻradi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Maxdum mulla Abdurahmon bilan Anvarni bir-birlariga tanishtirdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Bir-biridan
-
Odamlar toʻplanishib, bir-birlaridan soʻrashadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Chodirlarning rangi bir-biridan farq qiladi. Fan va turmush
-
Bir-biridan chiroyli. Bir-biridan shirin. Bir-biridan uzoq joylar;
-
Bogʻchalarni bir-biridan ayirgan devorlar.
-
Men bilan Otabekni qamatib, dor ostiga yuboruvchi, Otabek tilidan soxta taloq xati yozib, bir-birimizdan judo etuvchi battol Homid ekan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Bir-birini
-
Bir-birini sevmoq.
-
Xotinlar bir-birlarini siylab, bir-birlariga yoʻl koʻrsatib mehmon opa ketidan uyga birin-ketin kirishdi.
Bir-biri uchun
-
Agar odamlar bir-biri uchun mehnat qilsa, yer yuzining oʻzi jannat boʻladi. A. Qahhor, Mirzo
BIR-BIRI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИР-БИРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bir-biri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar