tut
bilan ulashing
1. Qoʻl bilan ushlamoq, ushlab turmoq; tutinmoq.
-
Bir qoʻlda kitob, bir qoʻlda guldasta tutib turmoq. Bolaning qoʻlidan tutmoq. Otning jilovidan tutmoq. Koʻr tutganini qoʻymas, kar — eshitganini. Maqol
-
Temirchi usta qahr-u gʻazab bilan ich-kari kirdi va tikka borib, Xayrinisaning kuyovi boʻlmish yigitning yoqasidan tutdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
-
Gavhar toqati toq boʻlib, oʻrnidan tura boshlagan edi, Talʼat tirsagidan tutib oʻtqazdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ketmon tutishga odatlangan dagʻal qoʻllar igna ushashga, qatim tortishga kelishmaganidan diqqati oshgan Oxun. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ovlab, quvib, izidan borib va shu kabilar yoʻllar bilan ushlamoq, ushlab olmoq, qoʻlga tushirmoq.
-
Baliq tutmoq. Quyon tutib olmoq. Oʻgʻrini tutmoq.
-
Sayil ham sayil, sargardon ham sayilda, domlajon. Hali kiyik tutdikmi, yoʻqmi, hech boʻlmasa, shamollab kelamiz-da. M. Mansurov, Yombi
-
Agar Hamzani tutib bersang, oʻgʻling Umar polvonni roʻyxatdan oʻchiramiz. K. Yashin, Hamza
3. Biror narsani iltifotan kimsaga taklif qilmoq, uzatmoq; foydalanish uchun toʻgʻrilamoq, bermoq.
-
Mehmonlarga sochiq tutmoq.
-
Chol belbogʻidan nosqovogʻini olib, oʻtirganlarga tutdi. S. Ahmad, Hukm
-
[Suluv] Hech narsaga qaramay, sakrab turib, hansirab qolgan otasini yupatgisi, sovuq ayron tutib, yelkasini silagisi kelardi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Duodan soʻng Otabek toʻriq yoʻrgʻani chiqarib, qutidorga tutdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Boʻston qutichali atir olib kelib, oyisiga tutdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Ali meshkobchi yana Madrasa qurilishiga kirib, odamlarga suv tutdi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. Qoʻlidagi (oʻzidagi) biror narsani boshqa narsaga toʻgʻrilamoq, roʻbaroʻ holga olmoq.
-
Xatni chiroq yorugʻiga tutib oʻqimoq. Yelkasini oftobga tutmoq.
-
Otboqar fonusni yana Boʻtaboyning yuziga tutdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Senga havas bilan boqurman, rosti, Oʻlimga tik koʻksin tuta olgan zot. A. Oripov
5. koʻchma Yoʻq boʻlish, ketish va shu kabilardan saqlab turmoq.
-
Hokimiyatni tutib turmoq. Oʻz pozitsiyalarini tutib turmoq. Jangchilarimiz tepalikni tutib turish uchun butun vositalarni ishga soldilar.
-
Azamat, kombatning madad kuchi yetib borguncha dushmanni tutib turish haqidagi farmonini Ergashevga aytdi. N. Safarov, Qahramonning tugʻilishi
6. Biror holat, vaziyatda saqlamoq, asramoq.
-
Saidbobo negadir tili uchida turgan gapni yutib, sir tutdi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Tugʻilgan kun ziyofatiga taklif qilish shart emas. Oʻsha kunni esida tutgan yaqinlari oʻzlari borishaveradi R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Itni zanjirga bogʻlab qoʻygach, och tutadi deyishadi. S. Nurov, Narvon
7. koʻchma Biror narsadan oʻzini tiymoq yoki biror narsani, voqeani yuz berishdan toʻxtatmoq, bosmoq, ushlamoq.
-
U koʻzlariga toʻlgan tomchilarni bazoʻr tutib javob berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
8. koʻchma Idora qilmoq, boshqarmoq.
-
Roʻz-gʻor tutmoq.
-
Yaxshi qilib yurtni tutdi, Kim kam boʻlsa, yoʻl koʻrsatdi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
9. koʻchma Oʻz qoʻli ostidagi, izmidagi, qaramogʻidagi kimsalarga qandaydir munosabatda, muomalada boʻlmoq.
-
Bolani boʻsh tutish yaramaydi. Singlingni kaftingda tutsang, onangni boshingda tut. Maqol
-
Shariat xotinni qattiq tutish kerak deydi-yu, ammo xotinni qancha qattiq tutsangiz, shuncha gʻaflatda qolishingizni poylaydi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
Oʻzbek oyimning Kelinni xor tutar ekan demasinlar, sen ham oʻzingni tuzat! deb aytgani uchun, Zaynab ham tamom ipaklarga koʻmilib yasangan, kecha erga teggan yangi kelinlar suratiga kirgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
10. Biror tarzda ishlatmoq, foydalanmoq, qoʻllamoq.
-
Idish-tovoqni, koʻrpa-yostiqni toza tutmoq. Yangi olib kelgan teshani tutmoq.
-
— Lekin, — dedi Samandarov qoshiqni salmoqlab, — hali ham mana bunaqa qoshiq tutish ayb. Bunga yoʻqchilikni vaj qilib boʻlmaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
11. Parvarish qilmoq, boqmoq (pilla qurtini).
-
Men, beshovlaring qurt tutinglar, beshta odam boʻshasin, demoqchi emasman. A. Qahhor, Kampirlar sim qoqdi
12. Ishlatish, foydalanish uchun oʻz ixtiyorida, qaramogʻida olib turmoq, saqlamoq.
-
Qani iloji boʻlsa, bitta odam tutmasdan, butun ishni oʻzim eplay olsam. Oybek, Tanlangan asarlar
13. Pardalash, toʻsish, qoplash va shu kabilar maqsadlar uchun oʻrnatmoq, bogʻlab, ilib yoki osib qoʻymoq.
-
Pashshaxona tutmoq. Derazalarga parda tutmoq. Etak tutib, paxta termoq. Dastroʻmolni yuziga tutib yigʻlamoq. El ogʻziga elak tutib boʻlmas. Maqol
-
Baxmal paranjili xotin chimmat tutgan yuzini Azim tajang tomonga xiyol oʻgirdi-yu, bir-ikki tomoq qirish bilan kifoyalandi, javob bermadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
14. Koʻpayib, tarqalib, yoyilib va shu kabilar yoʻllar bilan maʼlum joyni egallamoq, qoplab olmoq, bosmoq.
-
Samovarning bugʻi uyni tutib ketdi. Qoʻy-echkilarning maʼrashi koʻchani tutgan edi.
-
Yilqi, poda, suruvlar Dard koʻrmay oʻssa deyman, Togʻ-u toshga sigʻishmay, Yaylovni tutsa deyman. Q. Muhammadiy
-
Qoʻngʻiroqday tovushi bilan Gulsun ham qoʻshiqchiga joʻr boʻlgandagina hamma yoqni odam tutib ketganini koʻrdi. J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda
-
Qoʻnan aka minbardan tushishlari bilan, zalni qarsak tutib ketdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Dashtni tutib yotgan lolalar uzoqda qolib, gullaridan asalarilar bol emayotgan mevazor bogʻlar boshlandi. Guldasta
-
Dostonning ovozasi olamni tutdi. N. Fozilov, Hayot oʻrgatdi
15. Qoʻzimoq, qoʻzib qolmoq, xuruj qilmoq (odatda, inson tabiatida boʻladigan turli xislatlar haqida).
-
Otaning tantiligi tutib ketdi. Uning jazavasi tutdi. Shoʻxligi tutmoq.
-
Hindining ham himmati tutib ketdi, sarrof xaltadan bitta besh soʻmlik tilla olib berdi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Gaping rost boʻlsa, qani yur! Yoki dangasaliging tutib, ishlaging kelmayotibdimi? Gazetadan
16. Amal olmoq, oʻsmoq, rivojlanmoq (yangi koʻchat yoki payvand haqida).
-
Bogʻbon oʻzi ekkan yo ulagan koʻchati tutib, boʻy tortib ketguncha, har kun tagiga necha marta keladi. M. Ismoiliy, Bizning roman
-
Onda-sonda koʻchatlar oʻtqazilgan ekan-u, koʻpi tutmapti. A. Muxtor, Opa-singillar
17. Yordamchi feʼl sifatida bogʻlovchi vazifasida qoʻllanadi; hisoblamoq.
-
Parvozga shaylanib nochor pat urgan Yarador burgutga tutmaydi oson. U. Qoʻchqorov, Hayajonga koʻmilgan dunyo
18. Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanganda, shu narsa evaziga biror narsaga duchor boʻlmoq, uning haqidan qutula olmaslik maʼnosini bildiradi.
-
— Uvoli tutadi demadingizlar-a, uvolini oʻylamadingizlar-a, — dedi javrab turgan Zulxumor, yuragi boʻlmay nari keta boshladi. M. Mansurov, Yombi
-
Sizni oʻsha norasidalarning koʻz yoshi tutmaydimi? S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Besh bolaning uvoli uradi sen beklarni! Mening begunoh qonim tutadi hammangni! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
tut soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻzini tutmoq
-
Yigʻidan oʻzini tutmoq. U kulgidan oʻzini tutolmadi.
-
Oʻzimni kulgidan tutolmay, hiringlab kulib yubordim. E. Raimov, Ajab qishloq;
-
Oʻzini baland tutmoq. Oʻzini kattalardek tutmoq. Oʻzini tetik tutmoq.
-
Ibodovning oʻzini tutishi hayron qoldirgan edi uni. F. Musajonov, Himmat
-
U oʻzini imkoni boricha beparvo tutishga harakat qildi. T. Ashurov, Oq ot;
-
Ertalab yana qonli urushlar boshlandi. Ammo xalq endi oʻzini ancha tutib qolgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Boboqul ota oʻzini tutib olib: — Ilgari faqat seldan emas, qurgʻoqchilik ofatidan ham odamlar qirilardi — dedi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
Aza tutmoq
-
Gʻalaba kuni toʻyga aylangan xonadonlar ham boʻldi, yarasi yangilanib, qayta aza tutganlar ham. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Boshini tutmoq
-
Biror ishning boshini tutmoq.
-
Biron boshqa hunarning boshini tutsa ham eplab ketardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Vatan (yoki makon) tutmoq
-
Erboʻtayevlar oilasi ham yaydoq choʻlni vatan tutib, mehnatda dong tara-tib, oʻzlaridan koʻpayishib borishyapti. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Gapga tutmoq
-
Hamma gapi yolgʻon boʻlmasin, oʻrtaga olib, gapga tuting. Yusuf va Ahmad
-
Traktorchi yigit ishga shoshilganidan toqatsizlana boshladi. Chol buni sezib, ortiqcha gapga tutmadi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
Darigʻ tutmoq
-
Yakka va yagonaliging haqqi mendek bir balokash gunohkor ojiza bandangdan marhamatingni darigʻ tutmagaysan K. Yashin, Hamza
Ish tutmoq
-
Nega bir-birimizga yoqishimiz kerak. Yoki boʻlmasa, sizga yaqin boʻlgan inson koʻngliga qarab ish tutish lozim-mi? Gazetadan
Yoʻl (yoki yoʻlini) tutmoq
-
Shuning uchun u tilyogʻlama-lik yoʻlini tutdi. Gazetadan
-
Sendan soʻng qolib ham u qarimaydi, U mangu yoshlikning yoʻlin tutgandir. Shuhrat, Yoshligimning davomi
Koʻz tutmoq
-
Koʻz tutdim, koʻzlarim nigoron boʻldi. Yoshlik
-
Temirjon, ayiqcha qaytib keladiganday, uning yoʻliga intizor koʻz tutdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
Koʻzda tutmoq
-
Kelgusi vazifalarni koʻzda tutmoq. Ishdagi qiyinchiliklarni koʻzda tutmoq.
-
Bu gaplari bilan qurilishdagi ishlarni koʻzda tutayotganligini Baroqov yaxshi tushundi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Soʻroqqa tutmoq
-
Lekin u yerda siz emas, ular sizni soʻroqqa tutmasalar, deb qoʻrqaman. K. Yashin, Hamza
Toʻpga (yoki oʻqqa) tutmoq
-
Koʻpdan beri kutilgan jang tong mahalida dushman artilleriyasi bizning pozitsiyalarimizni nihoyatda qattiq toʻpga tutishi bilan boshlanib ketdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Dushman jangchilarimizni minomyotdan oʻqqa tuta boshladi. Gazetadan
Etagini tutmoq
-
Omon buva Yodgorov kabi ingichka tolali paxta ustalari bor. Ana shularning etagini tut. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Yuz tutmoq
Oʻrin tutmoq
-
Ular ichida Shodmonov alohida oʻrin tutadi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Mehnat jamoalarida tugʻilayotgan anʼanalar orasida musobaqaning takomillashib bora-yotgan yangi shakl va usullari alohida oʻrin tutadi. Gazetadan
Quloq tutmoq
-
Birpas devor tagida toʻxtab, atrofga quloq tutishdi: jimlik hukmron Mushtum;
-
Akam tomda qor kurar men sandal ichiga tiqilib olib, shiftdan kelayotgan kurak ovoziga quloq tutib yotar edim. M. Mansurov, Yombi
TUT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tut so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar