tuta
bilan ulashing
1. Tutunlanib yonmoq, burqsimoq; tutun chiqarmoq.
-
Pechka tutab ketyapti. Hoʻl oʻtin tutaydi, yonmaydi.
-
Tutab yotgan toʻnka yonida sochlari oʻsib, soqoliga qoʻshilib ketgan bir devona bu mudhish qorongʻilikka qarshi kurashgan kabi gulxanni yondirishga tirishar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ahmadjon oʻrnidan turdi va hanuz tutamoqda boʻlgan qishloqni koʻrsatdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Is, dud chiqarmoq (yogʻ, pilik va shu kabilar haqida).
-
Qozonda yogʻ tutay boshladi.
3. koʻchma Tutaqmoq, tutaqib ketmoq, qizishmoq; yonmoq.
-
Haydarboy ich-ichidan tutab ketdi. N. Fozilov, Oqim
-
Qizdan javob boʻlmagach, Oyshaxon battar tutay boshladi: — Ming martalab aytganman bu megajinga, bir nimani tayinli qilib qoʻygin deb. A. Muhiddin, Aybsiz aybdor
TUTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar