kema
bilan ulashing
Suvda suzadigan, yuk va yoʻlovchilarni tashish, baliq ovlash, ilmiy-tadqiqot, sport, sayyohlik va harbiy maqsadlar uchun moʻljallangan qurilma.
-
Baliqchilar kemasi. Yuk tashish kemalari. Harbiy kema.
-
yuk ortilgan kemalar bu keng sunʼiy anhor orqali Amudaryoga borar, undan Orol dengiziga tushib, Gʻazzoliga ketardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
kema soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zangori kema
-
Yoʻlning ikki chetidagi ummondek bepoyon paxta dalalarida zangori kemalar suzmoqda. Gazetadan
Kemaga tushganning joni bir
-
Emin Rajabov oʻzini yana polka tagiga olmoqchi edi, Normat ushlab qoldi: — Dadil boʻl, oʻrtoq, kemaga tushganning joni bir! I. Rahim, Chin muhabbat
Kosmik kema
-
I960 yil 19 avgust kuni ikkinchi kosmik kema Yer yoʻldoshi orbitasiga uchirildi. H. Shokirova, Parvozlar
Havo kemasi
-
Havo kemasi ohista uchib boryapti; samolyot saloni oddiy ish kunidek gavjum. Gazetadan
KEMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kema so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar