keltir
bilan ulashing
1. Kelmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Uyga keltirmoq. Chekkisini keltirmoq. Gʻazabini keltirmoq. Gʻashini keltirmoq.
-
Hokimning zugʻumli buyrugʻi xalqni gʻalayonga keltirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Fikrini quvvatlash, isbotlash uchun qoʻshimcha fikr aytmoq yoki boshqa kishining fikrini qoʻshib aytmoq.
-
Misol keltirmoq. Sitata keltirmoq. Dalil keltirmoq.
-
Jomiyning ilmi va fazilati toʻgʻrisida Navoiyning shu soʻzlarini keltirmak kifoyadir. Gʻ. Gʻulom, Tarixiy munosabatlar
keltir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Imon keltirmoq
-
Dam xudoga imon keltirib, dam yoʻtalib, birov eshikdan kirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Kalima keltirmoq
-
Beimon ketma, deyman. Qani, kalima keltir.ʼ K. Yashin, Hamza
Kiftini keltirmoq
-
Har qanday ishni kiftini keltiradi.
Shak keltirmoq
-
Yana bularga shak keltirdim. U. Ismoilov, Saylanma
Qiron keltirmoq
-
Mana bu tugʻni Hazrat Ali Karbalo dashtida kofirlarga qiron keltirganlarida koʻtarib chiqqanlar. K. Yashin, Hamza
KELTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЛТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
keltir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar