kemir
bilan ulashing
1. Qattiq narsani tish bilan qirib, ushatib maydalamoq; gʻajimoq.
-
Suyak kemirmoq.
-
Uch-toʻrt yashar sap-sariq qizcha poʻsti archilgan sabzi kemirib turibdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Birining [oyoq kiyimning] yuz yarmini sichqon kemirgan, birining yuzi tagcharmga yopishib ketgan. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Tatalab qiynamoq, azob bermoq (ruhiy kechinmalar haqida).
-
U minut sayt yuragini kemirib ketayotgan bu dardni hech kimga ayta olmas edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Nigoraning ilk bor Sher aka deganini eshitganida, badanini kemirayotgan ogʻriqni ham unutib, allaqanday shirin, qaynoq bir hisning zoʻridan mast boʻlgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy
KEMIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕМИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kemir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar