kenja
bilan ulashing
1. Eng oxirgi farzand, eng keyin tugʻilgan oʻgʻil yoki qiz.
-
Lutfiniso erining davlatidan mumkin qadar koʻproq qoʻporib, shu kenja arzandasiga sarf qilish uchun urinar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kenja oʻgʻil Sayfulla bilan kenja qiz Masturabibi, ayvon oldiga kelgan, ust-boshi nihoyatda kir Elmurodga jirkanch bilan tikilib turardilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Bir turdagi narsalarning paydo boʻlish, yuzaga kelish ketma-ketligida keyingisi, soʻnggisi; keyingi, soʻnggi.
-
Kenja shogird. Kenja kuyov.
-
1978 yil bahorida kenja xoʻjalikda III. R. Rashidov paxtakorlar bilan samimiy suhbat qilib, qimmatli maslahatlar berdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Shu payt eshikni sekin ochib kirib kelgan Sodiqjon boyvachchaning kenja xotini Shahzodaxon uni shirin xayollar quchogʻidan yulib tortib oldi. K. Yashin, Hamza
3. Kenja (erkaklar ismi).
KENJA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕНЖА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kenja so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar