kemtik
bilan ulashing
1. Predmetning uchgan, singan, kertilgan, buzilgan, nuragan joyi.
-
Sanam bogʻ adogʻidagi kemtikdan oshib, egasi koʻchib ketib, huvullab qolgan qoʻshni boqqa tushdi, Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
-
Darhaqiqat, uning chap qulogʻi kemtik. Oʻq olib ketgan. S. Ahmad, Hukm
-
Supa chetidagi oʻchoq-da, qop-qorayib, joʻmragi kemtik qumgʻon qopqoqni koʻtarib, baqir-baqir qaynardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
2. koʻchma Yetishmaydigan, toʻlmay qolgan joy; yetishmovchilik, kamchilik, nuqson.
-
Bunaqa ayol bilan umrining oxirigacha yashab boʻladimi? Hayotning nuqul kemtik tomonini koʻradi. S. Nurov, Narvon
-
Faqat hisob-kitobingizda emas, ishlaringizda ham chalkashliklar, kemtiklar bor H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
KEMTIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕМТИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kemtik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar