tutam
bilan ulashing
Narsalarning tutamlash yoki siqimlash mumkin boʻlgan miqdori; panjaning shuncha miqdorni oladigan (tutadigan) holati.
-
Bir tutam soch. Bir tutam paxta. Dangasaning quyrugʻi bir tutam. Maqol
-
Robiya xola bir tutam pechak oʻtni joʻyakka tashlab, qoʻllarini qoqqanicha, Shirmonxon qarshisiga yurdi. S. Zunnunova, Olov
-
Qoʻylar kecha ertalab oxirgi tutam xashakni yeb boʻlishgan. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Yoqubbek soqolini tutamiga olib, bir lahza oʻylanib turdi-yu P. Qodirov, Yulduzli tunlar
tutam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir tutam
-
Bir tutam xashak.
-
— Bular ham sizga! — dedi u bir tutam-bir tutam gul tutqazib. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
[Anoraning] Yosh niholdek bir tutam nozik qaddi-qomati boshqalardan ajralib turar kulganda qoʻngʻiroqdek jaranglaydigan ovozi oʻtirishga alohida bir fayz bagʻishlar edi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
Yoz kechalari bir tutam — kuz ochib yumguncha oʻtib ketadi. R. Fayziy, Hazrati inson
TUTAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУТАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tutam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar